Faoliyat yo'nalishlari
Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kompleks muhandislik-qurilish loyihalarini amalga oshirib, loyihalash va xaridlardan tortib obyektlarni foydalanishga topshirishgacha bo’lgan to’liq ish siklini ta’minlaymiz.
Energetika
obyektlarini qurish
UET Construction energetika infratuzilmasi sohasida tayyorgarlik va loyihalashdan tortib, qurilish, montaj va obyektlarni foydalanishga topshirishgacha bo’lgan kompleks loyihalarni amalga oshiradi. Kompaniya loyihaning barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va belgilangan texnik talablarga rioya etishni ta’minlagan holda energetika obyektlarini yaratish va modernizatsiya qilish bo’yicha ishlarni bajaradi.
Muhandislik ekspertizasi va yirik loyihalarni amalga oshirish tajribasi UET Construction kompaniyasiga yaratilayotgan infratuzilmaning ishonchliligi, xavfsizligi va samarali ishlashini ta’minlab, turli murakkablikdagi obyektlar bilan ishlash imkonini beradi.


Sanoat
obyektlarini qurish
UET Construction muhandislik tayyorgarligi va loyihalashdan tortib, qurilish, uskunalar montaji va obyektni foydalanishga topshirishgacha bo’lgan ishlarni kompleks tashkil etishni ta’minlab, sanoat va ishlab chiqarish obyektlarini qurish loyihalarini amalga oshiradi. Ishlab chiqarishning texnologik talablariga, konstruksiyalarning ishonchliligiga va obyekt infratuzilmasini samarali tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi.
Kompaniyaning tajribasi turli ko’lamdagi va murakkablikdagi sanoat loyihalarini amalga oshirish, ishlarni bajarish sifatini, texnik talablarga rioya etishni va obyektning kelgusida foydalanishga tayyorligini ta’minlash imkonini beradi.
Sanoat
infratuzilmasi loyihalari
UET Construction qurilishning turli bosqichlarida kompleks muhandislik va tashkiliy yordam ko’rsatgan holda infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshirishda ishtirok etadi. Kompaniya malakali mutaxassislarni jalb qiladi, konsalting xizmatlarini ko’rsatadi va har bir loyihaning texnik talablarini hisobga olgan holda muhandislik kuzatuvini ta’minlaydi.
Asosiy yo’nalishlardan biri yo’l loyihalarini amalga oshirish bo’lib, bu boradagi kompaniya tajribasi qurilish jarayonlarini samarali tashkil etish, ishlarni muvofiqlashtirish hamda obyektlarning belgilangan sifat va xavfsizlik talablariga mos kelishini ta’minlash imkonini beradi.


Fuqarolik
qurilishi
UET Construction turar-joy majmualari va jamoat obyektlaridan tortib transport va kommunal infratuzilmagacha bo’lgan fuqarolik qurilishi loyihalarini amalga oshiradi. Kompaniya yo’llar, ko’priklar, temir yo’l obyektlari, aeroportlar va shahar transporti tizimlarini qurishda ishtirok etadi.
Kompleks yondashuv zamonaviy shahar muhitini rivojlantirish uchun zarur bo’lgan muhandislik tarmoqlari va hayot faoliyatini ta’minlash tizimlarini ham qamrab oladi.
Tijorat ko'chmas
mulkini qurish
UET Construction turli ko’lamdagi tijorat ko’chmas mulki loyihalarini – biznes-markazlar, zamonaviy ofis majmualari va ko’p funksiyali obyektlarni amalga oshiradi. Kompaniya qurilishga kompleks yondashuvni ta’minlab, amalga oshirish sifatiga, makonlarning funksionalligiga va obyektlarning zamonaviy talablarga muvofiqligiga e’tibor qaratadi.
Murakkab qurilish loyihalari ustida ishlash tajribasi jarayonlarni samarali tashkil etish va uzoq muddatli foydalanishga mo’ljallangan ishonchli obyektlarni yaratish imkonini beradi.
