Yangiliklar va media
Prezidentimiz Yuqori Chirchiqdagi yirik elektrotexnika korxonasi imkoniyatlari bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi “NURA Electric” zavodiga tashrif buyurib, ishlab chiqarish jarayonlari va tayyor mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishdi.
“NURA Electric” yuqori va past kuchlanishli elektrotexnika uskunalarini toʻliq texnologik sikl asosida ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxonadir. Uning faoliyati energetika tarmogʻini mahalliy mahsulotlar bilan taʼminlash, importga bogʻliqlikni kamaytirish va sohada sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
20 gektar maydonda barpo etilgan zavodga 50 million dollar investitsiya kiritilgan. Bu yerda 1 mingdan ortiq ish oʻrni yaratilib, 1,5 mingdan ziyod turdagi mahsulot ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Jumladan, 0,4-500 kilovolt kuchlanishli taqsimlash qurilmalari, nimstansiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalari uchun avtomatika shkaflari, elektr shinalar va metall konstruksiyalar tayyorlanmoqda. Korxonaning yillik quvvati 25 mingdan ortiq uskunani tashkil etadi.
Zavod zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan. Xususan, bu yerda Yaponiyaning “Amada” kompaniyasiga mansub raqamli boshqaruvli dastgoh va presslar, shuningdek, Turkiyaning “Durma” va “Teslabend” kompaniyalarining yuqori texnologik uskunalari oʻrnatilgan. Ularning umumiy soni 120 tadan oshadi.
Korxonaning ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlari “SAP ERP” yagona raqamli platformasi orqali muvofiqlashtiriladi. Jarayonlarni optimallashtirish hamda mahsulot va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish hisobiga mahsulot tannarxini 10 foizgacha pasaytirishga erishilgan.
Majmuada akkreditatsiyadan oʻtgan sinov laboratoriyasi faoliyat yuritmoqda. Mahsulotlar xalqaro ISO standartlari talablariga muvofiq ishlab chiqariladi. Korxona uskunalarni toʻliq butlash, mahsulotlarni oʻz laboratoriyasida sinovdan oʻtkazish va kecha-kunduz servis xizmati koʻrsatish imkoniyatlariga ega.
Malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash maqsadida “Oʻzenergoinjiniring” aksiyadorlik jamiyati va Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan. Har yili universitetning 100 nafardan ortiq talabasi korxonada haq toʻlanadigan ishlab chiqarish amaliyotini oʻtaydi.
Davlatimiz rahbari zavodda mahalliy xomashyo va zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan transformator stansiyalari, taqsimlash qurilmalari hamda boshqa energetika uskunalari koʻrgazmasini koʻzdan kechirdi.
Shuningdek, korxonada amalga oshirilayotgan ishlar, ishlab chiqarish quvvatlari va istiqboldagi rejalar yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi, xodimlar bilan suhbatlashib, ular uchun yaratilgan mehnat sharoitlari haqidagi fikr-mulohazalarini tingladi.
Prezidentimiz korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlari va mahsulotlar sifatini yuqori baholadi. Ichki bozor talabini qondirish bilan birga Markaziy Osiyo va boshqa xorijiy bozorlarga eksportni kengaytirish, sohaga yuqori malakali mahalliy mutaxassislarni jalb etish yuzasidan tavsiyalar berdi.
– Biz faqat mahsulot emas, injiniring xizmatlarini ham eksport qilishimiz kerak. Buning uchun o‘zimizda shakllanayotgan loyihalashtirish va sinov laboratoriyalari imkoniyatlaridan keng foydalanishimiz zarur, – dedi davlatimiz rahbari.
Ehtiyot va butlovchi qismlar turini koʻpaytirish, ularni ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda servis xizmatlari koʻlamini kengaytirish zarurligi qayd etildi.
Energetika sohasidagi loyihalarda mahalliylashtirish darajasini oshirish muhimligi alohida taʼkidlandi. Xususan, loyihalarni ishlab chiqishda mahalliy loyiha institutlarining ulushini kamida 50 foizga yetkazish vazifasi qoʻyildi.
– O‘zimizning loyihachilarimizga ishonishimiz, ularga sharoit yaratishimiz kerak. Xorijda o‘qigan, tajriba orttirgan yoshlarimiz bor. Ularning atrofida mutaxassislarni birlashtirib, buyurtma bilan ta’minlasak, bu sohani rivojlantirishga qodirmiz, – dedi Prezidentimiz.
Shu maqsadda hududlarda energetika sohasiga ixtisoslashgan loyiha institutlarining filiallari tashkil etilishi belgilandi.






UET Construction at Samarkand Marathon 2026!
UET Construction Samarqand marafoni - 2026-da ishtirok etib, sport, birdamlik va ruhiy kuch bayramida dunyoning 63 davlatidan 10 000 dan ortiq ishtirokchilarga qo‘shildi.
Hamkasblarimiz 10 km masofani bosib o‘tib, butun marshrut davomida qiyin ko‘tarilish va tushishlarga ega bo‘lgan Samarqandning tarixiy ko‘chalari bo‘ylab yugurishdi. Har bir kilometr chidamlilik, qat’iyatlilik va o‘z chegaralarini yengib o‘tish qobiliyatini talab qilardi.
Har bir ishtirokchi haqli ravishda o‘zi, o‘z natijasi, sarflangan sa’y-harakatlari va bu chaqiriqni qabul qilish jasorati bilan faxrlanishi mumkin!
Ushbu sport tadbirida UET Construction kompaniyasini munosib himoya qilgan barcha hamkasblarimizga minnatdorchilik bildiramiz!
Jamoamiz bilan faxrlanamiz! Keyingi marafonlarda ko‘rishguncha! 🧡







5 million xavfsiz ishchi soati – majburiyatning muhim bosqichi
UET Construction muhim marraga erishganidan faxrlanadi: ish vaqti yo‘qotilishiga olib keladigan jarohatlarsiz (LTI) 5 million ish soati.
Ushbu yutuq ortida minglab ish kunlari, qat’iy xavfsizlik intizomi, professional jamoaviy ish va loyihalarimizdagi har bir kishining kundalik fidoyiligi turibdi.
Bu yutuq xodimlarimiz, muhandislarimiz, obyekt jamoalari, rahbariyat, subpudratchilarimiz va hamkorlarimizning jamoaviy sa’y-harakatlarini aks ettiradi, ularning HSE tamoyillariga sodiqligi har kuni xavfsizroq ish muhitini yaratishga hissa qo‘shadi.
UET Construction kompaniyasida xavfsizlik shunchaki samaradorlik ko‘rsatkichi emas. Bu bizning rejalashtirish, ishlash va qaror qabul qilish tarzimizga singib ketgan asosiy qadriyatdir.
Har bir xavfsizlik yo‘riqnomasi, obyektni tekshirish, xavf-xatarlarni baholash, profilaktika choralari va mas’uliyatli qarorlar ushbu marraga erishishga xizmat qildi. Ushbu yutuqqa hissa qo‘shgan barchaga samimiy minnatdorchilik bildiramiz.
5 000 000 xavfsiz ish soati – yagona jamoa, yagona majburiyat, yagona umumiy maqsad.
Bizning eng katta yutug‘imiz shundan iboratki

