UET Construction TIIF 2025 doirasida O‘zbekistonning sanoat va investitsiya salohiyati birinchi milliy ko‘rgazma forumida ishtirok etadi
UET Construction kompaniyasi 2025-yil 10-12-iyun kunlari Toshkentdagi Markaziy Osiyo ko‘rgazmalar markazida (CAEx) bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TIIF) hamda O‘zbekistonning sanoat va investitsiya salohiyati birinchi milliy ko‘rgazmasida ilk bor ishtirok etayotganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.
Forum O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi tomonidan tashkil etildi.
Mahalliy kompaniya sifatida UET Construction O‘zbekistonning o‘sib borayotgan sarmoyaviy salohiyatini xalqaro maydonda faxr bilan namoyish etadi. Kompaniya jamoasi o‘z tajribasi, imkoniyatlari, amalga oshirilgan loyihalari va hamkorlik istiqbollarini potensial hamkorlarga namoyish etishga tayyor.
Kompaniya barchani tadbirdagi o‘z stendiga tashrif buyurishga va UET Construction kompaniyasining O‘zbekistonda qurilish sanoatini rivojlantirish va kelajak infratuzilmasini shakllantirishga qo‘shgan hissasi haqida ko‘proq ma’lumot olishga taklif etadi.
TIIF 2025 da ko‘rishguncha — o‘tkazib yubormang!